Italiyada OpenAI kompaniyasi 15 mln yevro jarimaga tortildi
Italiya nazorat organi ChatGPT chatbotini yaratgan OpenAI kompaniyasini jarimaga tortdi. Ta’kidlanishicha, Amerika kompaniyasi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullangan.

Italiyaning ma’lumotlarni himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi nazorat organi ChatGPT chatbotiga nisbatan tergovini yakunlab, uni yaratgan OpenAI kompaniyasi 15 million yevro jarimaga tortdi, deb xabar beradi Associated Press.
Garante ma’lumotlar maxfiyligini nazorat qilish milliy organinining ma’lum qilishicha, tergov davomida OpenAI kompaniyasi ChatGPT’ni takomillashtirishda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlagani ma’lum bo‘lgan. Kompaniya belgilangan jarimani Italiyada 2023 yilga ko‘rilgan daromadidan 20 barobar ko‘proq ekanini ta’kidlab, chiqarilgan qaror yuzasidan apellyatsiya berishini bildirdi.
O‘z navbatida OpenAI «butun dunyo bo‘ylab maxfiylikni himoya qilish orgalari bilan hamkorlikka tayyorligini va bu boradagi qonunlarni hurmat qilishini» qo‘shimcha qildi.
Nazorat organi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili boshlangan tergov davomida OpenAI «yoshni tekshirishning samarali tizimini» taqdim eta olmagan, natijada, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontentlarni 13 yoshdan kichiklar ham ko‘rishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Italiya hukumati, shuningdek, OpenAI’ga ChatGPT bo‘yicha jamoatchilikning xabardorligini oshirish uchun OAVda olti oylik kampaniyani yo‘lga qo‘yish majburiyatini yuklagan.
Avvalroq OpenAI kompaniyasining sobiq xodimi Suchir Balaji San-Fransiskodagi kvartirasida o‘lik holda topilgandi. Suchir Balaji 2024 yil yozida kompaniyani tark etgan va oktyabr oyida ChatGPT dasturchilarini mualliflik huquqi qonunlarini buzganlikda ayblagan. U OpenAI boshqa odamlarning kontentidan ruxsatsiz foydalanayotganini ta’kidlab kelgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni iste’fo berdi
Jahon | 21:27
-
Britaniya yadroviy qurollarni tashishga qodir qiruvchi samolyotlarni xarid qiladi
Jahon | 21:17
-
Ukraina delegatsiyasi Istanbuldagi muzokaralarning navbatdagi raundiga yo‘l oladi - Zelenskiy
Jahon | 20:07
-
Xitoyda erkak terrakota armiyasidagi ikkita qadimiy haykalga shikast yetkazdi
Jahon | 19:29
Mavzuga oid

17:40 / 24.05.2025
Sun’iy intellekt tobora kuchayib bormoqda, lekin ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ymoqda – OAV

18:30 / 15.05.2025
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlandi

18:13 / 06.05.2025
OpenAI tijoriy kompaniyaga aylanish rejasidan voz kechdi

22:14 / 24.04.2025