1 apreldan retsepsiz sotiladigan dorilarga nisbatan narx cheklovi bekor qilinadi
“Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
- biologik faol qo‘shimchalar va kosmetika mahsulotlari sanoatini rivojlantirish, shu jumladan, bozor kon’yunkturasini o‘rganish, tahlil qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ushbu yo‘nalishdagi soha korxonalariga ilg‘or xorijiy amaliyot va standartlarni tatbiq etishga ko‘maklashish;
- mahalliy hokimliklar bilan birgalikda hududiy farmatsevtika korxonalarining investitsiya loyihalarini monitoring qilish va hisobini yuritish;
- farmatsevtika sohasini raqamlashtirish va axborot dasturlarini joriy etish.
2025 yil yakunigacha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining laboratoriyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining dastlabki kvalifikatsiya (prequalification) tartibidan o‘tkaziladi.
2025 yil 1 apreldan:
➖cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi;
➖bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqarishda ushbu dori vositalarining barchasiga nisbatan eng past referent narx qo‘llanadi;
➖“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” tomonidan xorijiy valutada qayd etilgan referent narxlar belgilangan hollarda avtomatik ravishda (tadbirkor murojaatisiz) qayta ko‘rib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston | 21:30
-
“Urushga borishni xohlamaganlarni otib tashlashdi” – “Vagner”ga yollangan yigit hikoyasi
Jamiyat | 21:24
-
Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 21:09
Mavzuga oid

15:50 / 08.06.2025
O‘zbekistonda dorilar Qozog‘istonga qaraganda qimmat – farmatsevtika bozoriga qanday omillar ta’sir qilyapti?

13:21 / 04.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi

16:46 / 02.05.2025