Buxoroda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi
Mayning qurilmalari tegishli tartibda olib qo‘yilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: O‘zenegroinspeksiya
Buxoro viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan mayning ferma fosh etildi, deb xabar beradi «O‘zenegroinspeksiya».
Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirida G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.S.ga qarashli noturar binoda 22 dona Antminer L3+ rusumli mayning qurilmalar yordamida mayning ferma tashkil qilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 2,1 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, binoni ko‘zdan kechirish vaqtida elektr ta’minotidan uzilgan holatdagi to‘rt dona Whatspower P21 va 28 dona nosoz Antminer L3+ rusumli mayning qurilmalari ham aniqlanib, tegishli tartibda olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Samarqand viloyati Ishtixon tumanida 28 milliard so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlangan edi. Oilaviy korxonaga qarashli bino yon qismida joylashgan yerto‘lada 89 ta mayning qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelingan.
Mavzuga oid

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

14:03 / 11.05.2025