Boltiqbo‘yi davlatlari Ukrainada o‘t ochishning to‘xtatilishini o‘z xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rmoqda
Estoniya, Latviya va Litva mudofaa vazirlariga ko‘ra, Ukrainada urush to‘xtagach, Rossiya o‘z kuchlarini Boltiqbo‘yi davlatlariga yo‘naltirishi mumkin.

Foto: REUTERS
Boltiqbo‘yi davlatlari Ukrainada ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish ularning xavfsizligiga tahdidni keskin oshirishi mumkinligidan xavotirda, chunki bu Moskva uchun qayta qurollanish va qo‘shinlarini ko‘chirish imkoniyatini yaratadi, deb yozmoqda Financial Times.
Estoniya, Latviya va Litva mudofaa vazirlari Moskvani faqat Ukraina bilan cheklanib qolmasligini ta’kidlamoqda. «Hammamiz tushunamizki, Ukrainada urush to‘xtagach, Rossiya o‘z kuchlarini juda tez qayta taqsimlaydi», — dedi Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur.
Litva mudofaa vaziri Dovile Shakalene ham uning fikriga qo‘shilgan. «Keling, xom xayollarga berilmaylik. Rossiya Ukrainadan keyin to‘xtaydi, deb o‘zimizni aldamaylik. O‘t ochish to‘xtatilgach, Rossiya bu vaqtni harbiy salohiyatini oshirishga yo‘naltiradi. Ular jang maydonida tajriba orttirgan ulkan armiyaga ega va bu qo‘shin yanada kengayadi», — deydi u.
Pevkurning baholashicha, hozir Ukraina hududidagi 600 ming rossiyalik askarning taxminan 300 mingi boshqa joylarga ko‘chirilishi mumkin. «Bu odamlar Rossiya mintaqalariga qaytib, makkajo‘xori yig‘ish yoki boshqa ish bilan shug‘ullanmaydi, chunki armiyada ular o‘z shaharlarida topishlari mumkin bo‘lgan daromaddan taxminan besh-o‘n baravar ko‘proq maosh olmoqda», — deydi u.
FT’ning qayd etishicha, Boltiqbo‘yi davlatlari ayniqsa, har to‘rt yilda o‘tkaziladigan va joriy kuzda Rossiya va Belarus chegarasida tashkil etiladigan keng ko‘lamli «G‘arb» harbiy o‘quv mashg‘ulotlaridan xavotirda.
2025 yilning yanvar oyida Donald Tramp Amerikaning Yevropadagi kontingentini qisqartirishni va 20 mingga yaqin harbiyni olib chiqib ketishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi. Boltiqbo‘yi davlatlari mudofaa vazirlarining ta’kidlashicha, NATOning har qanday qo‘shinlarini olib chiqish — hatto Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish uchun bo‘lsa ham — o‘z xavfsizligini tahdid uyg‘otadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:57 / 11.06.2025
-
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi
Jahon | 23:50 / 11.06.2025
-
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi
Jahon | 23:15 / 11.06.2025
-
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:45 / 11.06.2025
Mavzuga oid

18:01 / 11.06.2025
Pentagon rahbari Ukrainaga yordam budjeti qisqartirilishini e’lon qildi

16:05 / 11.06.2025
Rossiya: Halok bo‘lgan ukrainalik askarlar jasadini topshirish tez orada boshlanadi

11:30 / 11.06.2025
Rossiya va Ukraina navbatdagi harbiy asirlarni almashdi

10:20 / 11.06.2025