Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
Bir qancha hududda Haj va Umrani noqonuniy tashkil etishga uringanlik holatlari bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atildi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi turistik firmalardan birining 4 nafar xodimi 3 nafar fuqaroni ishchi vizasi orqali Haj ziyoratiga yuborish evaziga 7 ming AQSh dollaridan hamda 1 nafar fuqaroni sayyohlik vizasi orqali yuborish evaziga 5 ming AQSh dollari, jami 26 ming AQSh dollari talab qilishib, oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Shuningdek, DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Marg‘ilon shahrida faoliyat yurituvchi turistik firmaning ish yurituvchisi 2 nafar fuqaroni Umraga yuborish evaziga 2400 AQSh dollari, shuningdek, 3 nafar fuqaroni Hajga yuborish evaziga 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shu bilan birga, DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan shaxs Hajga yuborish haqida ijtimoiy tarmoqlarga soxta e’lonlar joylab, 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularning har biridan 4900 AQSh dollari, jami 14700 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chust tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari Umrani tashkil etish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay turib, 3 nafar fuqaroni 1350 AQSh dollaridan, jami 4050 AQSh dollariga Umraga yuborishini aytib, shundan 4 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan shaxs poytaxtda faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat orqali 5 nafar fuqaroni jami 27 ming AQSh dollari evaziga Haj vizasi asosida diniy amallarni bajarish uchun Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, oldindan 13500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Ta’kidlanishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:57 / 11.06.2025
-
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi
Jahon | 23:50 / 11.06.2025
-
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi
Jahon | 23:15 / 11.06.2025
-
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:45 / 11.06.2025
Mavzuga oid

15:42 / 11.06.2025
O‘zbekistonning Latviyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi

15:00 / 11.06.2025
Rossiyalik o‘quvchilar uchun O‘zbekistonda yozgi oromgohlar tashkil etiladi

13:35 / 11.06.2025
O‘zbekistonda iyun oxiridan ichki aviaqatnovlar soni ko‘payadi

08:20 / 09.06.2025