Jamiyat | 08:59 / 15.05.2025
1370
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqaroni 30 ming dollar evaziga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. 

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berishicha, Jizzax shahrida fuqaro N.B. (muqaddam sudlangan) fuqaro Sh.K.ning ishonchiga kirib, uni 30 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga ishga yuborishini va’da qilgan.

U 11 200 dollar va 50 mln so‘m pulni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid