Toshkent va Samarqand vokzallarida infokioskalar ish boshladi
Toshkent va Samarqanddagi temiryo‘l kassalari va vokzallarida infokioskalar joriy etilmoqda. Xo‘sh, bu foydalanuvchilarga qanday qulayliklar yaratadi?
Infokioskalar yo‘lovchilarga chiptalarni tez va navbatsiz xarid qilish, poyezd jadvali haqida ma’lumot olish va to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Ularni ishga tushirishdan maqsad infratuzilmaning raqamlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
Infokioskalar orqali yo‘lovchilar poyezd jadvalini ko‘rish, marshrut tanlash, joy mavjudligini tekshirish va chipta xarid qilish kabi xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Buning asosiy afzalligi shundaki, yo‘lovchilar bank kartalari, shu jumladan UzCard, HUMO va Visa orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoni bor.
Bu to‘lov tizimi nafaqat mahalliy yo‘lovchilar, balki xorijiy turistlar uchun ham qulaylik yaratadi, chunki xalqaro to‘lov kartalaridan foydalanish mumkin.
Infokioskalar joriy etilishi nafaqat raqamli to‘lov tizimlarini ishga tushiradi, balki aholining naqd puldan cheklangan holda foydalanishga o‘rganishiga yordam beradi. Bu jarayon mamlakatda raqamli moliyaviy savodxonlikni oshirishga va naqd pulsiz to‘lov madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Infokioskalarda bir necha tildagi interfeys mavjud. Bu xorijiy sayyohlarga chipta xarid qilishda qiyinchiliklarsiz harakat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, xalqaro bank kartalarini qabul qilish turistlar uchun yana bir muhim qulaylikdir, chunki ular valuta almashtirishga ehtiyoj sezmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chipta xarid qilish mumkin.
Hozirda infokioskalar Toshkent shahrining Shimoliy va Janubiy vokzallarida, shuningdek, Samarqand vokzallarida faol ishlamoqda. Yaqin kelajakda esa ularni respublikadagi barcha vokzallarga joriy etish rejalashtirilgan.
Albatta bu jarayonda quri lmalarni joriy etishda ba’zi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, keksa yoshdagilar infokioskalardan foydalanishda qiynalishlari mumkin. Bu muammolarni bartaraf etish uchun vokzallarda maslahatchi xodimlar yordami yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, infokioskalardan foydalanishda navbatlar kuzatilmasligi uchun vokzallardagi aholi oqimi tahlil qilinadi va ehtiyojga qarab qo‘shimcha infokioskalar o‘rnatiladi.
Infokioskalar onlayn to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatiga ega. Bu esa o‘z navbatida yo‘lovchilarga to‘lovlarni tez va xavfsiz amalga oshirish imkonini beradi. Barcha infokioskalarda internet aloqasi bilan bog‘liq muammolarni oldini olish maqsadida rezerv internet kanallari o‘rnatiladi.
Infokioskalar O‘zbekistondagi transport sohasida raqamlashtirish jarayonini yanada rivojlantirishga yordam bermoqda. Ular yo‘lovchilarga tez va qulay xizmat ko‘rsatish imkonini beradi, shuningdek, naqd pulsiz to‘lov madaniyatini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu qurilmalarning joriy etilishi respublikadagi transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«U aqldan ozdi». Tramp va Mask tortishuvi yangi darajaga chiqdi - onlayn jang real vaqtda davom etmoqda
Jahon | 02:05
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
Mavzuga oid

20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

18:28 / 09.09.2024
Toshkent-Markaziy temiryo‘l vokzalida chipta haqiqiyligini tekshiruvchi turniket ishga tushdi

19:07 / 31.07.2024