Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaga 10 ming o‘zbek mutaxassisini jalb qilishga qaratilgan loyihaga start berildi
Loyiha doirasida Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlarida yapon tili, malaka imtihonlariga tayyorgarlik hamda ishga joylashish uchun kerakli ko‘nikmalar o‘rgatiladigan kurslar ochiladi.

Foto: Migratsiya agentligi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda Japan-China-Asia Medical Educational Cultural Exchange General Incorporated Association (JCAEMCE) tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi imzolanib, «Yaponiyaga 10 ming nafar o‘zbek mutaxassislarni jalb qilish loyihasi»ga start berildi.
Qayd etilishicha, tayyorgarlik O‘zbekistonda boshlanadi. Xususan, «Yapon Mahorat Nuri» kurslari Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlarida ochiladi. U yerda yapon tili, malaka imtihonlariga tayyorgarlik va ishga joylashish uchun kerakli ko‘nikmalar o‘rgatiladi.
Shuningdek, WiseBridge maxsus onlayn platformasi orqali Yaponiyadagi bo‘sh ish o‘rinlarini tanlash va ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish imkoniyati yaratilmoqda. Ushbu platforma 2025 yil iyun oyida faoliyatini boshlaydi.
«O‘zbekiston — yoshlar soni jadal o‘sib borayotgan, mehnat bozorida katta salohiyatga ega mamlakat sifatida Yaponiyaning mehnat migratsiyasi sohasidagi ishonchli hamkorlaridan biriga aylanmoqda», — deydi Yaponiya sobiq bosh vaziri, JCAEMCE tashkiloti rahbari Yukio Hatoyama.
O‘quv kurslariga ro‘yxatdan o‘tish uchun (71)71 202 33 55 (ichki raqam — 545) telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Mavzuga oid

17:52 / 02.08.2025
O‘zbekiston pavilioni Expo 2025 ko‘rgazmasida eng yuksak mukofotni oldi

11:19 / 02.08.2025
Yaponiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

22:38 / 26.07.2025
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi

09:20 / 25.07.2025