Niderlandiya hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi
Dik Sxof yangi saylovlar o‘tkazilgunga qadar bosh vazir lavozimi majburiyatlarini bajarib turadi.

Foto: AP
Niderlandiya bosh vaziri Dik Sxof mamlakat hukumati iste’foga chiqishini e’lon qildi. U yangi saylovlar o‘tkazilguniga qadar bosh vazir lavozimi majburiyatlarini bajarib turadi.
«Vazirlar yig‘ilishida biz Ozodlik partiyasining chiqishi sabab koalitsiya parlamentda yetarlicha qo‘llab-quvvatlovga ega emas degan xulosaga keldik», — deydi Sxof vazirlar kengashi yig‘ilishidan keyin.
Hukumat rahbari zudlik bilan Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr yoniga borib, Ozodlik partiyasidan (PVV) saylangan vazirlarni iste’foga chiqarishni so‘rashini ma’lum qildi. Hukumatning qolgan a’zolari ham, shuningdek, iste’fo beradi.
3 iyun kuni ertalab PVV yetakchisi Gert Vilders o‘z partiyasi Niderlandiya hukumati hukmron koalitsiyasidan chiqishini e’lon qildi. Bunga koalitsiyadagi sheriklari bilan migratsiya masalalaridagi kelishmovchiliklar sabab bo‘ldi. Gert Vilders boshpana so‘rovchilar uchun chegaralarni yopish, migrantlarning oilalari bilan topishishini to‘xtatish va boshpana so‘rovchilarni Suriyaga qaytarishni talab qildi. Shu bilan birga, uning koalitsiyadagi sheriklari boshpana taqdim etish dasturiga tuzatishlar kiritishni tavsiya qildi. PVV yetakchisi tuzatishlarni rad etdi va ketishini e’lon qildi.
Mavzuga oid

13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti

11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi

00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi

00:22 / 25.04.2025