«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Rossiyaga turli ixtisoslikdagi malakali afg‘on ishchilari - tosh ustalari va payvandchilardan tortib, elektrchi va bo‘yoqchilargacha yuboriladi.

Foto: TASS
Rossiya hukumati «Tolibon» bilan Afg‘onistondan mehnat migratsiyasini tubdan kengaytirish bo‘yicha kelishib oldi.
Afg‘onistondagi Rossiya biznes markazi rahbari Rustam Xabibullinning Baza nashriga ma’lum qilishicha, kelishuvga Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida erishilgan. Agar hozir 100 nafarga yaqin afg‘on Rossiya qurilish obektlarida ishlayotgan bo‘lsa, tez orada ularning soni ming kishiga ko‘tariladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga turli ixtisoslikdagi malakali afg‘on ishchilari — tosh ustalari va payvandchilardan tortib, elektrchi va bo‘yoqchilargacha yuboriladi. Ularga Checheniston, Dog‘iston va Krasnodar o‘lkasida ishlash uchun ruxsatnomalar allaqachon berilyapti. Afg‘onistonlik fermerlar – o‘simlikshunoslik, chorvachilik va veterinariya mutaxassislari ham Rossiyada ishga joylashishga qiziqish bildirgan. Afg‘onistondan kelgan qurilish guruhlarining bir qismi Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlariga vayronalarni tozalash va tiklash ishlarini olib borish uchun joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Moskva va «Tolibon» o‘rtasidagi yaqin aloqalar 2022 yil fevralidan keyin rivojlana boshladi, garchi bu harakat 2003 yildan buyon Rossiyada terrorchilik tuzilmalari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da. Shu yil bahorida Rossiya Oliy sudi bosh prokuror Igor Krasnovning «Tolibon»ni qora ro‘yxatdan chiqarish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi. Shundan so‘ng Rossiya TIV Afg‘oniston rahbariyati bilan turli sohalarda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish rejasini e’lon qildi.
Keyinroq «Tolibon» o‘zaro savdoda dollar o‘rniga milliy valutalardan foydalanish tashabbusi bilan chiqdi va Rossiya tomoni Afg‘onistonda temir yo‘l qurish loyihalariga qiziqish bildirdi. «NTs Protey» kompaniyasi allaqachon Afg‘onistonning to‘rt viloyatida 4G mobil aloqa uskunalarini o‘rnatgan.
Mavzuga oid

01:59
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida

01:30
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV

00:15
Eron urushmoqda, Rossiya nega jim?

23:24 / 20.06.2025