Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Eng namunali yashil turizm obekti” tanlovi o‘tkaziladi
Hukumat qarori bilan “Eng namunali yashil turizm obekti” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz
Nizom o‘z faoliyatida chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirishda tashabbus ko‘rsatgan tadbirkorlar o‘rtasida "Eng namunali yashil turizm obekti" tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Turizm qo‘mitasi har yili 1 iyulgacha tanlovni o‘tkazish haqida o‘z rasmiy sahifalarida e’lon beradi.
Tanlov har yili sentabr - noyabr oylarida quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
- hududiy saralash bosqichi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida;
- respublika yakuniy bosqichi - hududiy saralash bosqichlari g‘oliblari o‘rtasida respublika miqyosida.
Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi miqdorlarda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin - BHMning 150 baravari;
2-o‘rin - BHMning 100 baravari;
3-o‘rin - BHMning 50 baravari.
Mavzuga oid

09:25 / 28.07.2025
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

18:54 / 23.07.2025
BAA o‘zbekistonlik sayyohlar uchun haydovchilik qoidalarini soddalashtirdi

12:27 / 21.07.2025