Yoshlarga sifatli ta’lim berish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan – prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari hozirgi vaqtda dunyo notinch va murakkab bo‘lib borayotganini, tinchlik – eng buyuk ne’mat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qachongidan ham chuqur his etilayotganini ta’kidladi.
«Yuksak bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlari ko‘p bo‘lgan yurtda tinchlik va taraqqiyot, o‘zaro jipslik hamisha barqaror bo‘ladi.
Yoshlarimizga sifatli ta’lim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan», – dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha milliy jamoa tarixda ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganiga ham to‘xtaldi.
Yaqinda butun yurtimizda barchamiz uzoq kutgan katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi. Xalqimizning 34 yillik orzusi ushaldi – milliy jamoamiz tarixda ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
«Yaqin-yaqingacha umrini paxta dalasida o‘tkazgan oddiy oila farzandlari ilmda, sportda, boshqa sohalarda bunday yuksak marralarni egallashini tasavvur qilish ham qiyin edi.
Biz yoshlarimiz uchun sharoit yaratdik, ular bundan unumli foydalanib, baland cho‘qqilarni zabt etmoqda.
Birinchi va ikkinchi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan bo‘lsa, bugun tarix navbatni sizlarga bermoqda.
Ishonchim komil, sizlar barcha sohalarda mamlakatimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga qodirsiz. Sizlar Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!» – dedi prezident.
Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, hududini namunali qilgan viloyat va tumanlar ko‘pligi ta’kidlandi.
Masalan, yosh tadbirkorlarimiz tashkil qilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshdi.
Ilgari bu borada Toshkent shahri yakka peshqadamlik qilgan bo‘lsa, bugunga kelib Toshkent viloyati, Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona yoshlarining biznesdagi natijalari poytaxtdan qolishmayapti.
Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or hududlarga aylandi.
Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.
Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.
«Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari IT’dan katta daromad topishni o‘rganib oldi.
Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023 yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.
Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.
Mavzuga oid

15:29 / 30.06.2025
Prezident yoshlarning innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan tanishdi

15:01 / 30.06.2025
O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

14:07 / 30.06.2025
Har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi saralanib, dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi

13:20 / 30.06.2025