O‘zbekiston | 13:12
973
1 daqiqa o‘qiladi

103 xizmati barcha hududiy filiallarida Call-back tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekistonda Samarqand viloyati tajribasidan kelib chiqqan holda joriy yildan Respublika tez tibbiy yordam markazining barcha hududiy filiallarida Call-back tizimi ishga tushirilyapti.

Foto: SSV

103 xizmati faoliyatiga doir e’tirozlarni kamaytirish, bunday murojaatlar sababini oldindan aniqlab, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida shu yildan boshlab barcha hududiy filiallarda tajriba-sinov tariqasida Call-back (qayta qo‘ng‘iroq) tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ayni paytda mazkur tizim orqali "Tez yordam" brigadalari faoliyati doimiy nazorat qilib borilyapti. Natijada aholidan bo‘layotgan e’tirozlar soni avvalgi yillarga nisbatan anchayin kamaydi.

Xususan, o‘tgan yilning may-iyun oylarida 103 xizmatiga jami 783 ta ana shunday murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2025 yilning ayni shu davrida bu ko‘rsatkich 32,3 foizga kamayib, 538 tani tashkil etdi.

Mavzuga oid