Jahon | 22:56 / 23.07.2025
1019
2 daqiqa o‘qiladi

Migrantlarni Rossiyaga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash taklif etildi

Agar biz migrantlarni jalb qilsak, ularga shart qo‘yishimiz kerak, dedi Rossiyaning sobiq bosh sanitar shifokori.

Foto: RIA Novosti

Rossiyaning sobiq bosh sanitar shifokori Gennadiy Onishchenko migrantlarni mamlakatga kirishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlashga chaqirdi.

Onishchenkoning fikricha, xorijliklarning vatani bilan oldindan tibbiy ko‘rikdan o‘tish va emlash bo‘yicha kelishib olish kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiyaga xorijiy mutaxassislar kerak bo‘lsa, u holda ularning mamlakatda qolishi uchun shart qo‘yish kerak.

«Kechirasiz-u, nega o‘tiribmiz? Agar biz migrantlarni jalb qilsak, ularga shart qo‘yishimiz kerak», dedi u.

Bugungi kunda Rossiya ko‘plab muhim ish o‘rinlarini egallagan mehnat migrantlarisiz yashay olmaydi - misol tariqasida akademik ko‘pincha chet elliklar ishlaydigan ko‘cha supiruvchilarini keltirdi. U «katta va savobli ish qilishayotganini» ta’kidlab, taqiqlar o‘rniga ularning sog‘lig‘i ustidan nazoratni kuchaytirish kerakligini aytdi.

Onishchenko OITS tarqalishi paytida mamlakatlar o‘rtasida faqat tekshiruvdan o‘tgan va tegishli hujjatlarga ega bo‘lgan chet elliklar qabul qilinishi to‘g‘risida oldindan shartnomalar tuzilgan mavjud tajribaga asoslanishga chaqirdi.

«Biz avval davlatlar bilan shartnoma tuzib, ularning odamlari bizga tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda kelishi kerakligini aytgandik. Ba’zi ba’zi davlatlarga ishonch bildirib, ularning hujjatlarini tan oldik. Kimnidir o‘zimiz tekshirdik. Hozir migratsiya xizmatini tartibga solish kerak. Kerak bo‘lsa, emlash kerak!», dedi Onishchenko.

Mavzuga oid