O‘zbekiston | 23:17 / 01.08.2025
1403
4 daqiqa o‘qiladi

Mikrohududdan tashqarida 1-sinfga qabul va «jafokash» «Sag‘bon» nimstansiyasi – mahalliy dayjest 

2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoni boshlandi. Toshkentning Olmazor hamda Toshkent tumanlariga elektr energiyasi yetkazib beradigan «Sag‘bon» nimstansiyasida ketma-ket avariya sodir bo‘lmoqda. Toshkent–Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar boshlanadi. Qoraqalpog‘istonga yangi prokuror tayinlandi. Surxondaryoda og‘ir yo‘l-transport hodisasida to‘rt nafar yigit halok bo‘ldi. Kun.uz yoritgan ushbu muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mikrohududdan tashqari maktablarda 1-sinfga qabul boshlandi

2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoni 1 avgust kunidan boshlandi.

Shuningdek, o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi jarayonlari ham 1 avgust sanasidan davom ettirildi.

Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.

«Sag‘bon» nimstansiyasi qachon barqaror ishlaydi?

Toshkentning Olmazor hamda Toshkent tumanlariga elektr energiyasi yetkazib beradigan «Sag‘bon» nimstansiyasida ketma-ket avariya sodir bo‘lmoqda. Oqibatda minglab iste’molchilar uzoq vaqtga elektr ta’minotidan uzilib qolyapti.

Kun.uz muammoni o‘rgandi. Mas’ullarning aytishicha, hozir ishlab turgan qurilmalarning ko‘pi eskirgan, iste’mol ko‘rsatkichi oshgan, shu sababli avariyalar yuz beryapti.

Uzbekistan Airways Toshkent–Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi

Parvozlar 9 avgustdan boshlab chorshanba va shanba kunlari Airbus A320 havo kemalarida amalga oshiriladi. Chipta narxi bir tomonga 248 000 so‘mdan, ikki tomonga 466 000 so‘mdan boshlanadi.

1978 yilda qurilgan Andijon aeroportida yaqinda rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi bitkazildi. Uzunligi 3,3 ming metr, kengligi 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘lagi va samolyotlar to‘xtash joyi qurildi.

Qoraqalpog‘istonga yangi prokuror tayinlandi

Shohrux Azamatovich Aminov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi. U 2022 yil aprelidan bosh prokurorga o‘rinbosarlik qilayotgandi.

Qoraqalpog‘iston prokurori lavozimida 2022 yil iyulidan buyon Erkaboy Tojiyev ishlab kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.

Surxondaryoda og‘ir yo‘l-transport hodisasida to‘rt nafar yigit halok bo‘ldi

Oltinsoy tumanida sinfdoshlar o‘tirgan Gentra avtomobili katta tezlikda beton to‘siqqa urildi. Oqibatda faqat haydovchi tirik qoldi.

Yo‘lovchilardan ikki nafari olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘ldi. Tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan ikki yo‘lovchi keyinroq jon berdi.

Rulda bo‘lgan yigitning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil egasi unga mashinani yuvib kelish uchun bergan.

Mavzuga oid