Jamiyat | 16:05
849
1 daqiqa o‘qiladi

1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Unda, Andijon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.S. o‘ziga qarashli xonadonda 21 dona mayning qurilmasini tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1,2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid