Xurshidbek Normatov professional boksdagi uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

11 noyabrda AQShning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida professional boks bo‘yicha o‘nta jang o‘tkazildi. Shulardan biri o‘zbekistonlik Xurshidbek Normatov ishtirogida kechdi.
Olti raundlik bellashuvda andijonlik 24 yoshli bokschi AQShning 35 yoshli vakili Lenvud Doyzerga qarshi ringga ko‘tarildi. Normatov yakdil qarori bilan 60:54, 60:54, 60:54 hisobida raqibi ustidan g‘alaba qozondi.
Professional ringda uchinchi jangini o‘tkazgan Normatov barchasida (bittasida nokaut bilan) zafar quchgan.
Mavzuga oid

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi

09:20 / 13.04.2025