Sayyoramiz 32 yil ichida qanday o‘zgarishlarga duch keldi?

Google kompaniyasi Google Earth loyihasi doirasida ishlab chiqilgan Timelapse servisini yangiladi. Foydalanuvchilar earthengine.google.com saytida 1984 yildan buyon sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rishlari mumkin.
Bundan tashqari, Google YouTube'da bir necha eng ta'sirli taymlapslarni chop etdi. Unda shaharlarning o‘sishi, muzliklarning erishi, dengizlarning qurishi va ko‘plab boshqa narsalarni kuzatasiz.

Eng yaqqol o‘zgarishlarni o‘rganib, interaktiv xaritani ko‘lamlashtirish mumkin. Saytda ekologlarda xavotir uyg‘otayotgan 8 mintaqa alohida ajratilgan: Orol dengizining qurishi, Alyaska muzliklarining erishi, Amazon o‘rmonlarining asta-sekin yo‘qolib borayotganligi va boshqalar.
Servis 2013 yilda ishga tushirilgan. Loyihani amalga oshirish uchun Landsat loyihasi sayyoraning yo‘ldosh orqali olingan suratlarini taqdim etdi. Ushbu loyiha AQShning geologik xizmati va NASA tomonidan nazorat qilinadi. 1970-yillarning oxirlaridan ularning sun'iy yo‘ldoshi sayyorani suratga olgan, suratlar esa arxivga uzatilgan. Google loyiha ustidan 2009 yilda ish boshlagan bo‘lib, hozirga qadar 5 milliondan ortiq suratlarni ishlagan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Islom inqilobi muhofizlari korpusi boshlig‘i Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan
Jahon | 10:42
-
Oyatulloh Xomanaiy Isroilga «qattiq jazo» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:30
-
Aybsizlik prezumpsiyasiga oid normalar takomillashtirilyapti
O‘zbekiston | 10:21
-
TIV Eron va Isroilda yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
O‘zbekiston | 09:55
Mavzuga oid

17:51 / 17.04.2025
Astronomlar Yerdan 120 yorug‘lik yili uzoqlikdagi sayyorada hayot belgisini topdi

16:10 / 27.03.2025
Olimlar birinchi marta Neptundagi qutb yog‘dularini tasvirga oldi

17:02 / 22.01.2025
Koinotda 33 ming km/soat tezlikdagi shamol qayd etildi - bu rekord ko‘rsatkich

11:26 / 01.10.2024