BMT, AQSh va YeIda Rossiyaning elchisi o‘ldirilishi qoralandi

Foto: Reuters
BMTda Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishi qoralandi. Bu haqda BMT bosh kotibining vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"Diplomatga yoki elchiga hujum qilinishini oqlab bo‘lmaydi. Umid qilamizki, aybdorlar javobgarlikka tortiladi", deb aytgan Dyujarrik.
Qotillikka AQSh Davlat departamenti ham munosabat bildirdi. "Biz bu zo‘ravonlik aktini uni kim amalga oshirganidan qat'iy nazar qoralaymiz", deb aytgan departament matbuot kotibi Jon Kirbi.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Turkiya hukumati bilan aloqada ekanligini ma'lum qilgan. "Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovga elchi Karlovning o‘ldirilishi tufayli YeIning hamdardligini bildirdik", deb yozgan Mogerini tvitterda.
Karlovga suiqasd Anqaradagi zamonaviy san'at galereyasida sodir etilgan. Elchi bu yerga "Rossiya turklar nigohida" fotoko‘rgazmasining ochilishiga kelgan bo‘lgan. U o‘z nutqini yakunlayotgan vaqtda qurollangan kimsa uning orqasidan o‘q uzgan. Elchi olingan jarohatlardan halok bo‘lgan. Qotil turk kuchlari tomonidan yo‘q qilingan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, qotil Anqara politsiyasi xodimi bo‘lgan. U galereyaga kirishda politsiyachi guvohnomasini ko‘rsatgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, guvohnoma qalbaki bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

23:21 / 13.06.2025
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi

21:55 / 13.06.2025
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi

21:42 / 13.06.2025
Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV

16:47 / 13.06.2025