Turkiya AQShdan Gulenni vaqtinchalik hibsga olishini kutmoqda

Anqara Vashingtondan turk muxolifatchisi Fathulla Gulenni vaqtinchalik hibsga olishini kutib qolmoqda, deb aytdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu Anqaraga tashrif bilan kelgan AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan birga bergan matbuot-anjumanida.
"Biz FETO rahbari Gulenning topshirilishini muhokama qildik. Bu yo‘nalishda aniq qadamlarni kutib qolamiz. U vaqtinchalik hibsga olinishini kutib qolamiz, bu haqdagi talabni AQSh tomonga topshirdik", deb aytdi Chavusho‘g‘lu.
2016 yil 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada bir guruh fitnachilar davlat to‘ntaruviga urinishni amalga oshirishgan. Asosiy to‘qnashuvlar Anqara va Istanbulda kechgan. To‘qnashuvlar oqibatida 240 fuqaro halok bo‘lgan, 2 mingdan ko‘prog‘i jarohat olgan. Turkiya hukumati AQShda yashovchi Gulenni bu to‘ntaruvga aloqadorlikda ayblagan va AQShdan uni topshirishni talab qilgan. Gulenning o‘zi esa bu isyonni qoralagan va unga aloqasi yo‘qligini aytib keladi.
Mavzuga oid

22:54 / 30.05.2025
AQSh Oliy sudi Trampga Baydenning migratsiya dasturini bekor qilishga ruxsat berdi

22:21 / 30.05.2025
Turkiyada fohishalikka majburlab kelingan 3 nafar o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilindi

19:04 / 30.05.2025
Reuters: AQSh bojlari sabab dunyo kompaniyalari ko‘rgan zarar 34 mlrd dollardan oshdi

18:22 / 30.05.2025