Shimoliy Koreya navbatdagi raketa uchirishni amalga oshirdi

Janubiy koreyalik harbiylar Shimoliy Koreya raketa uchirganini ma'lum qilishdi. Bu haqda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In shu munosabat bilan xavfsizlik kengashini chaqirtirishga buyruq bergan.
Janubiy Koreya shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi noma'lum turdagi raketa Shimoliy Koreyaning Vonsan shahri yaqinidan sharqiy tomon uchirilganini ma'lum qilgan. Qo‘mitaning ma'lum qilishicha, raketa 450 km uchib o‘tgan va u o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketa sifatida tasniflangan.
Tokioda raketa Yaponiya iqtisodiy hududiga tushgani ma'lum qilingan.
AQSh harbiylari ham raketa uchirilganini qayd qilishgan. AQShning Tinch okeani qo‘mondonligining (PACOM) ma'lumotlariga ko‘ra, raketa Toshkent vaqti bilan 29 may soat 01:40larda uchirilgan.
"Raketa Yapon dengiziga tushguncha 6 daqiqa davomida kuzatib borilgan", deyilgan xabarda.
"Shimoliy Amerika havo-koinot mudofaasi qo‘mondonligining baholashicha, Shimoliy Koreya raketasi Shimoliy Amerikaga xavf solmagan", deb aytildi PACOM’da.
Tokio raketa uchirilishi munosabati bilan o‘z noroziligini bildirdi.
Mavzuga oid

15:00 / 05.06.2025
Ispaniya Isroil bilan raketalar yetkazib berish bo‘yicha shartnomani to‘xtatdi

17:11 / 04.06.2025
To‘tiqush Avstraliyaning birinchi raketasi parvoziga to‘sqinlik qildi

12:31 / 30.05.2025
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT

23:49 / 29.05.2025