Meizu kompaniyasi M6 Note smartfonini taqdim etdi

Meizu 23 avgust kuni yangi M6 Note smartfonini namoyish etdi. Bu haqida Hi-News xabar berdi. Meizu kompaniyasining M liniyasidagi eng yangi smartfoni Snapdragon 625 chipsetiga ega. M6 Note — Meizu'ning Qualcomm'dan chipset olgan birinchi devaysi.
M6 Note 5,5-dyuymli Full HD displeyi bilan ta'minlangan. Yangi smartfon ekrani ostida barmoq izlari skaneri joylashtirilgan, u shuningdek Home tugmasi vazifasini ham bajaradi. Barmoq izlari skanerining bunday joylashuvi foydalanuvchilarga qulay hisoblanadi.

M6 Note devaysining orqa tomonida ikki kameraga mavjud. U Sony IMX362 sensorlariga (12 megapikselli) asoslangan, diafragmasi esa - f/1.9. Smartfonning old panelida 5 megapikselli qo‘shimcha kamerasi bor. Zamonaviy smartfonlar borgan sari ikki kamera bilan ta'minlanmoqda va bu foydalanuvchilarni ajablantirmay ham qo‘ydi.
Meizu M6 Note qurilmasi Android 7.1.2 Nougat operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Devays 4000 mAs sig‘imli akkumulyatordan quvvat oladi.
Yangi smartfon uch xil versiyada taqdim etilmoqda, ular xotira hajmi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Birinchi versiya - 3 Gb operativ va 16 Gb ichki xotiraga ega. Narxi - 1099 yuan, 164 AQSh dollari.
Ikkinchi versiyaning operativ xotirasi hajmi birinchisi kabi, ichkisi esa 32 Gb. Narxi - 1299 yuan, 194 AQSh dollari.
Uchinchi versiyada operativ xotira 4 Gb'ga oshirilgan, ichki xotira esa - 64 Gb. Narxi - 1699 yuan, 254 AQSh dollari.
Smartfonlar foydalanuvchilarga uch xil rangda namoyish etildi - tillarang, ko‘k va qora.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’ul xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat | 15:27
-
«Tramp aralashmaguncha bizda muammo yo‘q edi». Kaliforniya gubernatori Los-Anjyelesdan harbiylarni chaqirib olishni talab qildi
Jahon | 15:20
-
O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi
O‘zbekiston | 15:15
Mavzuga oid

21:49 / 01.11.2019
Oktabr oyining eng zo‘r smartfonlari

14:28 / 31.08.2018
Meizu smartfonlari – farzandingiz uchun ajoyib sovg‘a

23:34 / 03.07.2018
Meizu orqa panelida qo‘shimcha ekran bo‘lgan smartfon chiqardi

12:49 / 08.06.2018