Chechenistonda kelin o‘g‘irlash odati yo‘q qilingani aytildi

Foto: Mir24.tv
Checheniston hukumati kelin o‘g‘irlash odatini yo‘qotishga erishdi, shuningdek, respublikada erta nikohlarning oldini olmoqda. Bu haqda mintaqaviy ombudsmen Nurdi Nuxajiyev TASS’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Ayni damda respublikada voyaga yetmagan qizlar va o‘smirlar erta nikoh qurayotgani yo‘q. Shuningdek, kelin o‘g‘irlash, qizlarni majburan olib ketish odatiga chek qo‘yildi. Buning ustiga bu Checheniston madaniyatiga xos emas. Ramzon Qodirov Checheniston jamiyati bilan Checheniston Respublikasida bu holatni deyarli butunlay yo‘q qilishning uddasidan chiqdi", - deya aytib o‘tdi ombudsmen.
Uning ta'kidlashicha, Chechenistonda ayollar huquqiga rioya etish birinchi o‘rinda turadi. "Bizda Onalar kuni, Checheniston ayoli kuni kabi bayramlar bor. Hozirda qizlar o‘zlari tanlagan kasbni erkin o‘rganish imkoniyatiga egalar. Agarda u o‘qigan, yaxshi mutaxassis bo‘lsa, ish ham topadi, hech kim unga bunda xalaqit qilmaydi", - deya aniqlik kiritdi Nuxajiyev.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

18:00 / 05.06.2025
Moskvada o‘g‘irlab ketilgan blogerga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

18:07 / 04.06.2025
Moskva markazida chechenlar odam o‘g‘irlashdi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

20:04 / 08.05.2025