Karlush Keyrush O‘zbekistonga kelmasligi mumkin

Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush terma jamoa bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda terma jamoalar departamenti rahbari Mahdiy Xorotiy gapirib o‘tgan.
Xorotiyning aytishicha, Eron futboli rahbariyati bosh murabbiy Karlush Keyrush bilan yangi shartnoma imzolash uchun tayyorgarlik boshlab yuborgan.
«Futbol federatsiyamiz rahbari va terma jamoa bosh murabbiyining munosabatlari juda yaxshi. Yangi shartnoma imzolash uchun vaziyat qulay, tomonlar unga xayrixohlik bildirmoqda», - deb Xorotiy so‘zlarini keltirmoqda Eron futbol federatsiyasi sayti.
«Biz bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz, Federatsiya rahbari shu haqda topshiriq berdi. Har xil mish-mishlarga qaramay, Federatsiya rahbari va milliy terma jamoa ustozi o‘zaro hamkorlikni uzaytirish va terma jamoani yanada kuchaytirish rejalariga ega. Muxlislarning talabi ham shu. Bundan tashqari, JCh-2018 musobaqasida ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqchimiz» - deb qo‘shimcha qildi Xorotiy.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Karlush Keyrush O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi haqida xabarlar tarqalgandi. Unga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis JCh-2018 musobaqasidan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruvini qo‘lga olishi lozim edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 21:18
-
O‘zbekistonda nasiya savdo. Bir yilda bo‘lib to‘lash 1,5 barobargacha qimmatga tushadi
Iqtisodiyot | 21:03
-
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35
-
AQSh Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishga qarshi – OAV
Jahon | 20:19
Mavzuga oid

11:42 / 21.03.2025
O‘zbekiston Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, mundial sari yana bir qadam tashlagan o‘yindan fotojamlanma

17:24 / 12.03.2025
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

18:20 / 31.12.2024
Katanets Iordaniyaga qarshi Qatardagi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibni e’lon qildi

17:58 / 20.12.2024