Moskva ko‘chalari bo‘ylab haydovchisiz "Yandeks" avtomobili harakatlanmoqda

"Yandeks"da kompaniyaning haydovchisiz avtomobil prototipi Moskva ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgani namoyish etilgan video taqdim etildi. Rolik YouTube'ning "Yandeks.Taksi" kanaliga joylandi.
"Yandeks" o‘tgan yilning noyabrida avtopilot sinovlariga start bergan. O‘shanda mashinalar yopiq hududlar bo‘ylab harakatlangan, endi esa ular barcha birdek foydalanuvchi umumiy ko‘chalarda sinalgan. Bu avtomobil turargohlardagi mashinalarni chetlab o‘tib, yo‘lovchilarni o‘tkazib yuborib, soatiga 20-30 kilometr tezlikda harakatlangan.
Kompaniya elektronikani noqulay shart-sharoitlarda to‘g‘ri yo‘nalish olishga o‘rgatmoqda, ya'ni ular hozirda qor bilan qoplangan ko‘chalar va belgilar bo‘ylab harakatlanmoqda. Bundan tashqari, "Yandeks" yaxmalak sharoitlarida harakatlanishning maxsus algoritmlarini ishlab chiqmoqchi.
"Yandeks" avtopilotli ilk prototipini 2017 yilning bahorida namoyish qilgandi. Kompaniyaning sinovdagi avtomobillari Toyota Prius gibridi bazasida qurilgan, shuningdek Velodyne va Nvidia firmalari qurilmalari bilan jihozlangan. Rossiya kompaniyasi dasturiy ta'minotni mustaqil tayyorlamoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Levada": Rossiyaliklarning rekord qismi G‘arb bilan do‘stlikni xohlayapti
Jahon | 09:03
-
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
O‘zbekiston | 08:40
-
Germaniyalik general: YeI AQShning Ukrainaga ko‘rsatayotgan yordamini almashtira oladi
Jahon | 08:26
-
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 08:16
Mavzuga oid

18:36 / 26.05.2025
Yangi avtopilot Tesla avtomobilini ag‘dardi

18:53 / 05.02.2024
"Yandeks" qayta shakllantirilgandan keyin xususiy kompaniya sifatida qoladi

10:44 / 29.12.2023
Latviyada «Yandeks» bilan bog‘liq saytlarga kirish bloklandi

15:12 / 27.12.2023