Albert Eynshteynning irqchilik kayfiyatidagi yozuvlari e'lon qilindi

Foto: Wikimedia Commons
Prinston universiteti nashriyoti ilk bor Albert Eynshteynning yo‘l xotiralarini e'lon qildi. U 20-yillar boshida yozilgan bo‘lib, o‘z ichiga olimning turli xalqlar bo‘yicha irqchilik kayfiyatidagi yozuvlarini qamrab oladi. Bu haqda Guardian xabar bermoqda.
Kundaliklar fizik tomonidan Osiyo bo‘ylab 1922 yilning oktabridan 1923 yilning martiga qadar safarlari vaqtida yuritilgan. Ularda Xitoy, Yaponiya, Shri-Lanka va Hindistonda yashovchi aholi bo‘yicha yozuvlar bor.
Keyinchalik irqchilikni oq tanli insonning kasalligi, deb atagan Eynshteyn xitoyliklarga «ishlaydigan, isqirt, befahm odamlar», deya baho beradi. Uning ta'kidlashicha, «xitoyliklar ovqat paytida yevropaliklardek o‘tirmaydi, balki cho‘kkalab oladi, bu o‘rmonda boshqa ishlarni qilishga o‘xshashdir». Eynshteyn ular haqida fikr yuritib, shunday degan: «O‘ziga xos hayvonsifat millat, ular odamlardan ko‘ra, avtomatga ko‘proq o‘xshaydi... Xitoyliklar boshqa millatlardan o‘tib ketsa, juda qayg‘uli bo‘ladi».
Fizik Tseylon aholisini kuzatib, mahalliy aholi «juda iflos va kuchli sassiq hidda yashashini» yozgan. «Ular kam ishlaydi, hamda kam talab qiladi. Hayotning oddiy iqtisodiy sikli». Shu bilan birga, Eynshteyn yaponiyaliklarga nisbatan ijobiy baho bergan, ularni «kamtar, vijdonli, juda ajoyib odamlar» deb atagan.
Mavzuga oid

14:11 / 30.05.2025
Bloomberg: Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berishni ko‘paytirdi

22:44 / 29.05.2025
Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi

19:44 / 29.05.2025
Xitoy o‘zining ko‘p martalik tashuvchi raketasini sinovdan o‘tkazdi

19:31 / 29.05.2025