Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Flamengo» klubi bazasida yong‘in: o‘n kishi halok bo‘ldi

Foto: PaginaBrazil / Twitter
Braziliyaning «Flamengo» futbol klubiga qarashli Ninho do Urubu mashg‘ulot bazasida yuz bergan yong‘in oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Globo telekanali xabar qilmoqda.
Uch kishi jarohat olgan, ulardan biri jiddiy ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Ta'kidlanishicha, jabrlanganlardan biri 14 yoshda.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 05:10da (Toshkent vaqti bilan 01:10) boshlangan, uni faqat ikki soatdan keyin o‘chirishdi. Olov 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan «Flamengo» yoshlar jamoasi o‘yinchilari uxlab yotgan binoda tarqalgan. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.
Baza 2018 yilda ochilgan, u Lotin Amerikasidagi eng zamonaviylaridan biri, deya qayd etadi telekanal. Ninho do Urubu’da «Flamengo»ning ham asosiy, ham yoshlar jamoasi futbolchilari shug‘ullanadi.
A seriyasida - Braziliya chempionatining yuqori divizioni - «Flamengo» San-Pauluning «Palmeyras» klubidan ortda qolib, 72 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid

23:00 / 10.07.2025
Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi

20:30 / 10.07.2025
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

13:31 / 10.07.2025
Maxtumquli ko‘chasida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

13:20 / 09.07.2025