Suv til kiridan boshqa hamma narsani tozalaydi
Suvni poklik ramzi sifatida tushunamiz. Suv barcha kirliklarni tozalaydi. Ammo hajmi juda kichik, xizmati juda katta bo‘lgan suyaksiz tilga har qanday suv ta'sir o‘tkaza olmaydi. Shunga ko‘ra inson tanasi ichida mas'uliyati eng og‘ir a'zo til ekani aniq bo‘ladi. Bir necha yillar ichidan suv oqqan quvurlarning ichini qalin zanglar qoplaganini ko‘rganmiz. Bu zanglarni ularning ustidan oqib o‘tadigan suvlar ham yuvib keta olmaydi. Inson hayoti davomida tilidan chiqqan yomon so‘zlar, haqoratlarning zanglari tilga shu qadar singib ketadiki, endi uni har qanday kuchli bosimga ega suv ham tozalay olmaydi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Audio versiyasini tinglash
Lekin bir suv bor, faqat o‘sha suv tilga o‘rnashgan kirlarni tag-tomiri bilan yuvib, poklaydi. Tavba deb nomlangan bu suv yurak ariqlaridan oqib keladi. Yurak arig‘iga ezgulik bulog‘idan, ezgulik bulog‘iga esa iymon ummonidan toshib keladi bu suv. Zanglar bilan qoplangan bu tilni tavba suvida ivitmoq lozim. Bu suvga istig‘for, takbir, tahlil ishqorlarini aralashtirish ayni muddaodir. Poklikdan so‘ng uni tilovat suvi bilan namlab turish shubha yo‘qki, asl holiga qaytaradi.
Zahiriddin Mansur
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

19:44 / 13.02.2019
Tulkining tishlari yarqiraganini ko‘rsang, tabassum qilyapti deb o‘ylama!

20:49 / 02.10.2018