Qimmatli qog‘ozlar muomalasi maxsus tartibi belgilandi

Foto: FTI Consulting
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan qimmatli qog‘ozlar muomalasi maxsus tartibi belgilandi.
Norma’ning yozishicha, bundan buyon qimmatli qog‘ozlar muomalasiga faqat ularni joylashtirish tugaganidan keyin yo‘l qo‘yiladi. Ushbu talab quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
• davlat qimmatli qog‘ozlariga – O‘zbekistonning g‘aznachilik majburiyatlari va Hukumat tomonidan vakolat berilgan organ chiqargan obligatsiyalarga, shuningdek Markaziy bank obligatsiyalariga (ularni joylashtirish va muomalaga chiqarishning o‘z tartibi mavjud);
• 5 dekabrgacha, ya'ni buyruq chiqquniga qadar muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga.
Eslatib o‘tamiz, qimmatli qog‘ozlarning muomalasi – qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qog‘ozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar, joylashtirish esa – qimmatli qog‘ozlarni ularning dastlabki egalariga berish. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish tartib-taomillari «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonunning 17-moddasi, Konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalasi tartibi to‘g‘risidagi nizom, Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va muomalaga kiritish kvotalari tartibi to‘g‘risida nizom va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Savdolar tashkilotchilari ikki haftalik muddatda o‘z hujjatlarini yangi tartibga muvofiqlashtirishi lozim.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

13:00 / 27.05.2025
Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangning oldini olish qoidalari belgilandi

22:55 / 04.09.2024
Nvidia bir kunda deyarli 300 milliard dollar yo‘qotdi

19:37 / 17.07.2024
Oltinning birjadagi narxi oshib, rekord darajaga yetdi

13:31 / 06.06.2024