Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Hindiston biznes forumi tashkil qilindi
21 oktabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi bilan hamkorlikda onlayn formatdagi o‘zbek-hind biznes forumi tashkil qilindi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov sog‘liqni saqlash va farmatsevtika yo‘nalishlarida hind kompaniyalari O‘zbekistondagi eng faol pozitsiyalarni egallab turganini ta'kidladi. Shuningdek, Ikromov Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasiga hamda ikki mamlakat elchixonalariga iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yilning yanvar-avgust oylarida ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 198 million AQSh dollaridan oshgan. 2020 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hind kompaniyalari soni 277tani tashkil qilmoqda.
Tadbirda so‘z olgan Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalari pandemiyaga qaramay 20 foizdan ortiqroqqa o‘sganini ta'kidladi. Shuningdek, hind aviakompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqayotgani hamda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishga harakat qilinayotgani qayd etildi.
Mavzuga oid

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

20:21 / 10.07.2025
Hindistonda it 67 kishini ko‘chkidan qutqarib qoldi

21:27 / 09.07.2025