O‘zbekiston | 17:16 / 22.12.2022
25851
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda bulduruq hodisasi kuzatilmoqda (foto, video)

Bir necha kundan beri Andijonda bulduruq hodisasi kuzatilmoqda. Noyob hodisa Ulug‘nor, Bo‘ston, Oltinko‘l tumanlarida sodir bo‘lmoqda.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Nozik va uzun jismlar ustidagi muz qoplamalari bulduruq deyiladi. Bulduruq qalin tumanda, harorat minusga tushganida kuzatiladi.

Ulug‘nor tumanida harorat -5 darajani tashkil etmoqda. Shu sababli bulduruq hodisasi bir necha kundan buyon davom etmoqda.

Kun.uz muxbiri Ulug‘nor tumanida bo‘lib tabiatning go‘zalligini tasvirlarga muhrladi.

Abduvali Qurbonov.
Jahongir Turg‘unov,
Kun.uz

Mavzuga oid