Namanganda oraliq imtihondan o‘tolmagan talaba o‘ziga o‘t qo‘ydi
Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan talaba Namangan muhandislik qurilish institutining 3-bosqichida o‘qigan. 21 yoshli yigit oraliq imtihonlarni topshirolmagani uchun otasidan tanbeh eshitib, o‘z joniga qasd qilgan va shifoxonada jon bergan.
2023 yil 10 fevral kuni Namangan muhandislik qurilish institutining 3-bosqich talabasi o‘z joniga qasd qilgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 2002 yilda tug‘ilgan X.X. Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidan bo‘lgan.
X.X. beshta fandan oraliq nazoratdan o‘tolmay, qayta topshirishga qolgan. Talabaning guruh murabbiyi X.X.ning otasiga qo‘ng‘iroq qilib uni bu haqda ogohlantirgan. Ota esa o‘g‘liga telefonda tanbeh bergan.
Shundan so‘ng, X.X. otasiga zarda qilib, ruhiy tushkunlikka tushib, Yangiqo‘rg‘on tumani «Nurafshon» MFY hududidagi dala-adirlikda ustiga benzin sepib, o‘ziga o‘t qo‘ygan.
Yonayotgan X.X.ni ko‘rgan odamlar uni shifoxonaga olib borishgan. Tibbiy ma’lumotga ko‘ra, X.X.ning badanining 50 foiz qismi kuygani sabab ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 13 fevral kuni shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Mavzuga oid

08:40 / 07.06.2025
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m

09:10 / 17.05.2025