Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda qozonxona ishchisi ehtiyotsizligi sabab o‘zini otib qo‘ydi
U tan jarohati olgach mashinadan tushib, yaqin oradagi tibbiy punktgacha yurib borgan va ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida vafot etgan.

Foto: Bosh prokuratura
Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyi qozonxonasi ishchisi pnevmatik qurol bilan o‘zini otib qo‘ygan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.
Hodisa 2024 yil 10 yanvar kuni soat 16:20 da Buxoro davlat universiteti talabalar turar joyiga yaqin hududda sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, universitet yotoqxonasiga qarashli qozonxona ishchisi, 32 yoshli X.M. o‘ziga tegishli “Niva” mashinasida bo‘lgan “KRUGERGUN” gazli pnevmatik qurolni ko‘zdan kechirayotib, uning tepkisini bosib yuborgan va chap ko‘krak qismidan jarohatlangan.
Jabrlanuvchi shu holida mashinadan tushib, yotoqxonaning birinchi qavatida joylashgan tibbiyot punktiga birinchi yordam so‘rab borgan. Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish xodimlari yetib kelgunga qadar fuqaro X.M. ko‘rsatilgan birlamchi tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Marhumning o‘limi bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Mavzuga oid

09:54
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi

20:42 / 06.07.2025
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

20:13 / 04.07.2025
Buxoro viloyati sobiq hokimi Damir Yadgarov vafot etdi

14:31 / 04.07.2025