Toshkentda tez yordam mashinasi va Nexia to‘qnashib ketdi
YTH oqibatida Nexia haydovchisi va tez yordam mashinasining bir nafar yo‘lovchisi tan jarohat olgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Olmazor tumanida tez yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 4 fevral kuni soat 16:30 larda Nurafshon-Beruniy ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. 1982 yilda tug‘ilgan N.K. boshqaruvidagi Ford rusumli tez yordam mashinasi hamda 1987 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida Nexia haydovchisi va tez yordam mashinasining bir nafar yo‘lovchisi tan jarohat olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Oldinroq Toshkentda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi
Jahon | 12:36
-
Toshkentda tez yordam mashinasi va Spark to‘qnashdi
O‘zbekiston | 12:04
-
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 11:54
-
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

08:00 / 05.06.2025
Olmazor tumanida 4 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

08:35 / 20.05.2025
Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi 1,6 mlrd so‘mlik elektrni talon-taroj qildi

22:33 / 30.04.2025