Ikki hududda 7,4 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi
Andijon viloyatida tabiiy gazdan, Toshkent shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi “B.B.B” MChJ rahbari A.S. jamiyatga qarashli binoda tashkil qilingan ohak sexiga o‘rnatilgan elektron hisoblagichning tamg‘asini buzgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “S.T.” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar jamiyatga qarashli konteynerga 40 dona mayning qurilmalarini o‘rnatib, qonunga zid ravishda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.
Oqibatda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Holatlar yuzasidan jamiyat mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

00:51 / 18.06.2025
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

09:53 / 15.06.2025
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi

22:28 / 03.06.2025