Iqtisodiyot | 16:29 / 19.06.2025
2554
2 daqiqa o‘qiladi

So‘m dollarga nisbatan 4 kunda qariyb 1,6 foizga mustahkamlandi

Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi savdo kuni so‘mga nisbatan pasayib, deyarli 201 so‘mga (1,57 foiz) arzonlashdi. 20 iyun kuni amalda bo‘ladigan 12 559,3 so‘mlik rasmiy kurs – 2024 yilning 1 avgustidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Markaziy banki 20 iyundan boshlab xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. AQSh dollari kursi kunlik savdolar yakuniga ko‘ra yana 59,3 so‘mga o‘z qiymatini yo‘qotdi.

Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi savdo kuni so‘mga nisbatan pasayib, deyarli 201 so‘mga (1,57 foiz) — 12 760,2 so‘mdan 12 559,2 so‘mga arzonlashdi. Bu – 2024 yilning 1 avgustidan (12 615,9 so‘m) beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich.

Yil boshidan buyon milliy valuta AQSh valutasiga nisbatan 2,67 foizga mustahkamlandi. Taqqoslash uchun, 2024 yilning mos davrida so‘m 2,2 foizga (12 352 so‘mdan 12643 so‘mga) qadrsizlangan edi.

Kun davomida Amerika valutasini 12 650 so‘mdan boshlab sotib olish mumkin bo‘ldi. 

Ayni paytda so‘m kursining mustahkamlanishiga pul o‘tkazmalari oqimining ko‘payishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning oshishi, asosiy hamkor davlatlar milliy valutalarining barqarorlashishi va oltin narxining qimmatlashishi fonida eksportning o‘sishi va savdo taqchilligining qisqarishi kabi omillar ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin. 

Mavzuga oid