Isroil armiyasi gumanitar yordamga navbatda turganlarga yana hujum qildi
Halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor.

Foto: Anadolu Agency
Isroil armiyasining G‘azo sektori turli hududlariga bergan zarbalari natijasida kamida 6 nafar falastinlik, jumladan, uch bola halok bo‘ldi.
Bu haqda Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, zarbalardan biri eksklavning markaziy qismidagi tarqatish punktida gumanitar yordam olishni kutayotgan bir guruh falastinliklarga berilgan. Ikki falastinlik halok bo‘ldi, 35 nafari yaralandi. Jarohatlanganlardan 16 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
27 maydan beri Isroil BMT va xalqaro gumanitar tashkilotlarni chetlab o‘tib, Isroil va AQSh ko‘magida yaratilgan G‘azo gumanitar yordam jamg‘armasi nomli tuzilma orqali insonparvarlik yordamini tarqatmoqda.
Biroq, bu tuzilma BMT tomonidan tan olinmagan va Falastin guruhlari tomonidan rad etilgan. HAMAS uni «o‘lim tuzog‘i» deb ataydi.
Mavzuga oid

14:12
🔴 LIVE: Eron–Isroil: Sulh amalga oshadimi?

13:33
AQSh bazalariga zarba bergan Eron, urush tugashini e’lon qilgan Tramp va Putinga topshirilgan maktub – kun dayjesti

11:52
Isroil Eron bilan urushda sulhga erishilganini tasdiqladi

11:44