O‘zbekiston | 12:03 / 30.06.2025
3476
2 daqiqa o‘qiladi

«Yoshlarimizni ko‘rib, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi» – prezident

O‘zbekistonlik yoshlar top-500 oliygohga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egallagani e’tirof etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi boshlandi. Davlat rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

«Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz tez sur’atlar bilan o‘sib, barcha sohalarda imkoniyatlarimiz ortib borayotganida, hech shubhasiz, siz yoshlarning ham munosib hissangiz bor.

Bilagida kuch-g‘ayrat, har bir harakatida azmu shijoat jo‘sh urgan yigitlarimizni, bilim va odobda, aql-zakovatda tengsiz qizlarimizni ko‘rib, har qanday xalq, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi.

Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda?

Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, ta’lim, IT, madaniyat, san’at va sportdagi yutuqlarini ko‘rib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda», - dedi prezident.

Davlat rahbari islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq «ilm – tarbiya – innovatsiya» zanjirini yaratishga kirishilgani, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

Masalan, o‘tgan yili mamlakat yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi. 

Bilimli yoshlar ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.

Bugungi kunda 30 nafar yoshlar dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.

Mavzuga oid