O‘zbekiston | 19:45 / 02.08.2025
1694
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston chegara o‘tkazish punktlarida qisqa muddatli navbatlar yuzaga kelishi mumkin

2-4 avgust kunlari bojxona postlarida ta’mirlash va profilaktik ishlar amalga oshiriladi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Qirg‘iziston chegara o‘tkazish punktlarida dasturiy texnik ta’mirlash va profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Shu sababli, 2-4 avgust kunlari bojxona postlarida yuk mashinalarining qisqa muddatli navbatlari yuzaga kelishi mumkin, deb xabar berdi Bojxona qo‘mitasi vakili.

Qayd qilinishicha, Qirg‘iziston bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish doirasida ushbu davlatdan tranzit tarzida harakatlanadigan yuk avtotransport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada tezlashtirishga xizmat qiluvchi yangi axborot tizimlari joriy etiladi.

Ta’kidlanishicha, bu haydovchilarning bojxonadan o‘tish jarayonlarini soddalashtirish bilan bir qatorda bunga sarflanadigan vaqtni ham sezilarli darajada qisqartiradi.

Mavzuga oid