Yaponcha "Kelajak uyi": Panasonic aqlli uy konsepsiyasini namoyish qildi

Har yili Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA ko‘rgazmasining odatiy eksponatlari - bu elektr maishiy texnikasi, uning asessuarlari va maishiy texnika. Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi bu yil o‘z ko‘lamini o‘zgartirishga qaror qildi - u gadjyet-shouda "kelajak uy"ini namoyish qildi.
"Aqlli uy"
Ko‘rgazmada yaratilgan interaktiv turar joy o‘zaro hamda bulut servislari bilan simsiz tarmoqlar yordamida "muloqot qiluvchi" o‘ta zamonaviy maishiy texnika bilan ta'mirlangan. Kompaniya vakillarining fikricha, ba'zi mamlakatlarda bunday uylar 3-5 yildan keyin joriy qilinishi mumkin.
"Kelajak uyi"da yashovchilar texnologiyalarni barcha kerakli ma'lumotlarni aks ettiruvchi shaffof sensor ekranlar yordamida boshqarishadi. Masalan, tizimga kiritilgan mehmonxonadagi televizor. U ishlayotgan paytida oddiy ekran kabi ko‘rinadi, ammo ekran o‘chiq paytida bu televizor ekanligi hech kimning xayoliga ham kelmaydi.
"Kelajak oshxonasi"
"Kelajak uyi"dagi barcha texnika egalarining istaklarini bajarishga mo‘ljallangan. Masalan, aqlli shkaf. Siz undan o‘zingiz xohlagan ichimligingizni olishingiz mumkin.
"Aqlli oshxona" taom tayyorlashda sizga yordam berishi mumkin. Vino javoni tanlangan masalliqni induksion plitali "aqlli" oshxona stoli bilan "bo‘lishadi". Masalliq parametrlariga qarab, plita vaqt va haroratni belgilaydi hamda taom tayyorlanish jarayonini nazorat qiladi.
Bir vaqtning o‘zida "aqlli" muzlatgich uyda hamma masalliqlar bor yoki yo‘qligini tekshiradi.
"Aqlli oshxona" stolida ovqatning sovimasligi uchun maxsus nuqta mavjud - belgilangan nuqtaga kosa yoki likopchani qo‘yib, qopqog‘ini yopib qo‘yiladi.
Bu jarayonlarning barchasini smartfonlardan boshqarish - ular orqali texnikani o‘chirish yo yoqish mumkin.
Uy bekalarining orzusi
IFA ko‘rgazmasida Panasonic hozircha ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan Laundroid loyihasini namoyish etdi - "aqlli uy"ga biriktirilgan robot kiyimlarni ajratib, ularni taxlay oladi. U ko‘rinishidan har qanday zamonaviy intererga mos keluvchi ingichka baland shkafdek ko‘rinadi. Uy egasi kiyimlarni kir yuvish mashinasidan olib, unga qo‘ysa bas.
Panasonic kelajakda barcha uy bekalarining orzusini amalga oshirib, kirlarni yuvish, quritish, taxlash jarayonlarini bir qurilmaning o‘zida amalga oshirish mumkin bo‘lishi uchun harakat qilmoqda. Kompaniya vakillari Laundroid'ning 2019 yilda bozorga chiqishga tayyor bo‘lishini ma'lum qilishdi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
O‘zbekistonda akademik litseylarga qabul boshlandi
O‘zbekiston | 09:31
-
VOLLKRAFT: UzAuto Trailer O‘zbekistonning yangi eksportbop brendini taqdim etdi
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkent viloyatida elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi
Jamiyat | 08:59
Mavzuga oid

19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m

13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi

15:24 / 28.03.2025