Madam Tyusso muzeyi Joli va Pittning birgalikda turgan mum haykalini "ajratib qo‘ydi"

Londondagi mum haykallar muzeyi Madam Tyussoda Anjyelina Joli va Bred Pitt ajrim haqida xabar berganidan so‘ng ularning haykali bir-biridan "uzoqroq masofa"ga surib qo‘yildi.
Yaqindagina OAVda aktrisaning ajrimga ariza bergani haqidagi xabarlar tarqlib ketdi. Joli o‘z qarorini "er-xotin o‘rtasidagi murosasiz farqlar" deya izohladi. Shuningdek, aktrisa suddan olti farzandni o‘zi bilan olib qolishini so‘radi. Bu holatda Pittga farzandlarini ko‘rish huqiqi beriladi va u otalik maqomini saqlab qoladi.
"Biz kechagi xabarga tezda munosab bildirdik", — deydi muzey vakili jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2013 yil muzeyga o‘rnatilgan hollivud yulduzlarining mum haykali "ajratib qo‘yildi va hozir bir-biridan uzoqroq masofaga qo‘yildi".
Anjyelina Joli Bred Pittga 2014 yilning avgustida rasman turmushga chiqqan edi. Ular 2004 yilda "Janob Smit va Smit xonim" filmining suratga olish jarayonida tanishib qolgan va o‘sha vaqtdan beri birga yashab kelgan. 2012 yilda unashtiruv haqida e'lon qilindi. Aktyorlar juftligining oltita farzandi bor — uchta o‘z farzand va uch asrab olingan farzandlar.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kelajakka tikilgan sarmoya: Oltiariqda yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston | 17:00
-
Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari foydali qazilmalarini birgalikda izlashga kelishib oldi
Jahon | 16:51
-
AQSh sudi Harvard xalqaro talabalari uchun viza cheklovini vaqtincha to‘xtatdi
Jahon | 16:03
-
“Bolam kasal, qarzga pul berib turing” - firibgarlikning yana bir turi haqida
Jamiyat | 16:03
Mavzuga oid

22:48 / 05.11.2019
Aktrisa Anjyelina Joli bomba tufayli suratga olish joyidan evakuatsiya qilindi

12:41 / 15.04.2019
Anjyelina Joli va Bred Pitt ajrashishdi

16:43 / 17.12.2018
«Katrina» dovulidan jabrlanganlar 13 yil o‘tib Bred Pittni sudga berishdi

08:34 / 08.08.2018