Jamiyat | 22:33 / 29.09.2016
16257
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Janubiy koreyalik mutaxassislar tomonidan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi

2016 yilning 5 oktabr kuni Star Med Center tashxis markazida Janubiy Koreyaning yetakchi tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda mahalliy bemorlar uchun bepul ko‘rik o‘tkazadilar. Xususan:

1. Neyrojarroh, doktor Pak Xen Gi.

Stenford universiteti Cyberknife markazining radiojarrohlik bo‘limida faoliyat yuritgan, “Kiber pichoq yordamida qon chiqarmay davolash” va anesteziya borasida katta tajribaga ega. Hozirda Seul universiteti qoshidagi «Sunchxonxyan» klinikasida neyrojarroh bo‘lib ishlaydi.

2. Urolog, doktor Son Jun Xvan.

«Gong» gospitalining sobiq bosh shifokori, ko‘p yillar mobaynida urologik kasalliklarni davolab keladi, Koreya Urologlar uyushmasi, Endourologiya jamiyati a'zosi, «Bundang Jyeseng» gospitalining urolog shifokori.

3. Onkolog, doktor Li Chae Yang.

«Sam» gospitalining jarrohlik onkologiya sohasidagi mutaxassisi, kam uchraydigan xastalik – peritoneal saratonga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatadi. Saraton markazi, Jarrohlik onkologiya markazi bosh shifokori lavozimida faoliyat yuritmoqda. 

4. Jarroh, doktor Kim Xyung Cheol.

«Sun Chun Xyang» universiteti qoshidagi «Bucheon» gospitali jarrohlik bo‘limida ishlaydi, buyrak, jigar tranplantatsiyasi bilan bog‘liq amaliyotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishi va saratonga chalingan bemorlarni samarali davolashi bilan tanilgan. 2012 yildan 2015 yilgacha «Bucheon» gospitali vitse-prezidenti, hozirgi paytda esa uning rahbari hisoblanadi. 

5. Kardiolog, doktor Kim Sergey.

Seul milliy universiteti qoshidagi Xalqaro Tibbiyot markazida dotsent lavozimida faoliyat yuritadi, kardiologiya sohasidagi tajribali mutaxassis. 

Koreyalik mutaxassislar mahorat darslarini tashkil qilib, turli tashxisli bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazadilar, bemorlar turli bosqichdagi kasalliklarni samarali davolash usullari, zarur dori vositalari borasida qimmatli maslahatlar olishlari mumkin.

Tibbiy ko‘rik avvaldan ro‘yxatga turish asosida bepul o‘tkaziladi. 

Ro‘yxatga turish uchun telefon raqamlari: +99890 175-16-70; +99890 948-99-81

Bemorlar qabuli 5 oktabr kuni (14:00 dan 18:00 gacha) Star Med Center klinikasida o‘tkaziladi. Manzil: Toshkent shahri, Chilonzar 6, 6/1, «Mirzo Ulug‘bek» metro bekati.

Mavzuga oid