Sport | 16:45 / 30.11.2016
16710
1 daqiqa o‘qiladi

Shaxmat toji sohibi 26 yoshda

Bugun, 30 noyabr kuni shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen 26 yoshga to‘ldi. 

U 13 yoshida grossmeyster maqomini olgan, 19 yoshida esa Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingini boshqargan, 22 yoshida jahonning eng zo‘r shaxmatchisi deya e'tirof etilgan. Norvegiyalik shaxmat ustasi o‘zining 26-tavallud ayyomida shaxmat tojini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Rossiyalik Sergey Koryakin bilan o‘tayotgan o‘yinda hozircha durrang natija qayd etilmoqda - 6:6. Chempionlik taqdiri tay-breykda hal bo‘ladi. 

 

Magnus Karlsen 2004 yilda

 

Mavzuga oid