Sport | 10:49 / 04.04.2017
14495
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnamlik darvozabon maydon markazidan gol o‘tkazdi va ko‘lmakka quladi

Vetnam chempionatida «Saygon» va «Longan» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda kam kuzatiladigan gol urildi. Darvozabon to‘pni maydon markaziga qarata tepganida, raqib futbolchisi uni egallab oldi va tezlik bilan darvozaga yo‘naltirdi. Bu vaqtda darvozabon o‘z joyini egallashga ulgurmagandi va to‘pga sakrashi behuda chiqib, uning o‘zi maydonda hosil bo‘lgan ko‘lmakka quladi.

Bu gol muallifi «Saygon» hujumchisi Nguyyen Ngok Duy bo‘lgan. Uning jamoasi uchrashuvda 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. Yana 3ta gol Ngan Van Day hisobiga yozilgan. «Saygon» ayni vaqtda turnir jadvalida 8-o‘rinda, «Longan» — 14-pog‘onadan joy egallagan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid