Jamiyat | 19:44 / 08.04.2017
7984
1 daqiqa o‘qiladi

“Novza” jome masjidi jamoasi xayriya tadbirida ishtirok etdi

Shu yilning 5 aprel kuni Toshkent shahar «Novza» jome masjidi imom-xatibi boshchiligida masjid jamoasi Uchtepa tumanida joylashgan 199-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi.

Maxsus maktabda tashkil etilgan tadbirda imom-xatib Jaloliddin Hamroqulov so‘zga chiqib, ilm va uning fazilatlari haqida gapirib, yurtimiz azal-azaldan dunyoga ustoz bo‘lgan ulamolari bilan mashhur bo‘lgani, yoshlarimiz ham ulug‘ ajdodlariga munosib voris bo‘lishga harakat qilishi lozimligini uqtirdi. 

Tadbir yakunida o‘quvchilarga masjid ma'muriyati va homiylar tomonidan o‘quv qurollari, sinf xonalariga yozuv doskalari taqdim etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi. 

Mavzuga oid