Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikki avtobus «poyga»si to‘qnashuv bilan tugadi

17 aprel kuni ertalab Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi Mega Planet savdo markazi yaqinida 60- va 72-avtobuslar to‘qnashuvi qayd etildi. Bu haqida avtobuslarning birida bo‘lgan guvoh Facebook'ning "Voditeli Tashkenta" guruhida ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, yo‘lovchi tashuvchi ikki avtobus haydovchisi bir-biri bilan "kim o‘zar" o‘ynagan va oxir-oqibat to‘qnashuv yuz bergan. Natijada avtobuslarning deraza oynalari sinib, yo‘lovchilar hayotiga xavf tug‘dirgan.
Guvohning so‘zlariga ko‘ra, voqea natijasida jiddiy jabrlanganlar bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa-da, avtobus saloni yo‘lovchiga to‘la bo‘lgan va bu odamlar orasida vahima ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. Avtobuslar to‘xtagach, yo‘lovchilar tushib qolishgan.
Ushbu voqeaga munosabat bildirganlar talaygina, negaki bugunga kelib bunday holat, ya'ni avtobuslar "poyga"si oddiy holga aylanib bormoqda. Haydovchilarning bunday "bellashuvlar"i esa insonlarning sog‘lig‘i va hayotiga jiddiy xavf solmoqda.
Hozirgi ayrim haydovchilarning jamoat transportini shaxsiy avtomobilidek boshqarishi kishini ajablantiradi, bu katta mas'uliyat talab qiladi, axir. Ularning o‘ylab-o‘ylamay qilgan xatti-harakatlari nafaqat transport ichidagi yo‘lovchilar hayotini, balki yon-atrofdagi boshqa transport vositalaridagi kishilar hayotini ham xavf ostiga qo‘yishi haqida o‘ylasharmikan?! Bu o‘z nomi bilan JAMOAT TRANSPORTI!
Facebook foydalanuvchilari ushbu voqea va umuman haydovchilarning jamoat transportlarini boshqarishi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarda chora ko‘rilishiga umid bildirib qolishgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bilol's motors» avtosaloni rahbari ustidan sud boshlandi
Jamiyat | 22:48
-
O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 74-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston | 22:45
-
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV
Jahon | 22:01
-
Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sportkarda sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 21:20
Mavzuga oid

21:25 / 25.06.2025
Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlari vaqtincha o‘zgartirildi

18:00 / 27.01.2025
Singapurda ilk bor haydovchisiz boshqariladigan avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi

23:17 / 08.01.2025
O‘zbekistondan Xitoy, Rossiya va qo‘shni davlatlarga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

07:37 / 30.05.2023