Rossiya qishki Olimpiadadan chetlatildi

Foto: Reuters
Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) ijro qo‘mitasi, Rossiya terma jamoasiga Pyongchangda o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlarida faqat neytral bayroq ostida ishtirok etishiga ruxsat berdi.
Bundan tashqari, Rossiya olimpiya qo‘mitasining (ROQ) tashkilotdagi a'zoligi vaqtinchalik to‘xtatildi.
Endi, Olimpiadaga yo‘l oladigan sportchilar ro‘yxatini XOQ maxsus komissiyasi belgilab beradi. Qayd qilinishicha, Sochi-2014 o‘yinlarida ishtirok etgan mulozim, murabbiy va shifokorlarning birortasi qishki olimpiada o‘yinlariga kiritilmaydi.
Bundan tashqari, Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko va uning sobiq o‘rinbosari Yuriy Nagornix umrbod diskvalifikatsiya qilindi va hech qachon Olimpiya o‘yinlariga kiritilmasligi belgilandi.
Endi rossiyalik sportchilar o‘z mamlakati bayrog‘i ostida Janubiy Koreyadagi musobaqalarda ishtirok etolmaydi. Ular shaxsiy va jamoaviy musobaqalarda Olympic Athlete from Russia (OAR) nomi va Olimpiya o‘yinlari bayrog‘i ostida qatnashadi. Ularning taqdirlash marosimida esa Olimpiya o‘yinlari madhiyasi yangraydi.
Avvalroq, XOQ Rossiya sportchilarini Sochi-2014 Olimpiadasida dopingdan ommaviy tarzda foydalanganlikda aybdor deb topgan va 11ta medaldan mahrum qilgan edi.
Olimpiadada Rossiya madhiyasi yangramaydi. To‘liq tafsilotlar
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir bo‘lgan hududlar ro‘yxati kengaymoqda
O‘zbekiston | 08:04
-
Bayram bayramday bo‘ldi. O‘zbekistonning tarixiy o‘yinidan Kun.uz fotoreportaji
Sport | 00:13
-
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi
Sport | 23:49 / 10.06.2025
-
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj
Jamiyat | 23:40 / 10.06.2025
Mavzuga oid

21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025