Jamiyat | 19:50 / 10.01.2018
8997
2 daqiqa o‘qiladi

Estrada xonandalari O‘zbekiston ichki turizmini targ‘ib qilishga hissa qo‘shishadi

2018 yildan boshlab "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi tomonidan har oyning uchinchi seshanbasi estrada  xonandalari uchun "Teatr va turizm kuni" deb e'lon qilindi. Bu haqda 9 yanvar kuni muassasaning matbuot anjumanida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar beradi. 

"Endilikda estrada vakillari har oyning uchinchi seshanbasida "Teatr va turizm" kunini o‘tkazishadi. Maqsad - respublikamizning har bir burchagidagi teatr maskanlarining faoliyati bilan yaqinroq tanishish va madaniy hordiq olish. Shuningdek, bu safarlar O‘zbekiston ichki turizmini rivojlantirishga ham o‘z hissasini qo‘shadi. San'atkorlar yurtimizning biz bilgan va bilmagan qadamjolarini ziyorat qilib, bevosita ichki turizm sohasi rivojlanishini targ‘ib qilishadi", deydi "O‘zbekkonsert" rahbari Odiljon Abduqahhorov.

"Teatr va turizm" kunini tashkil etish uchun sarflanadigan barcha xarajatlari "O‘zbekkonsert" DM tomonidan qoplanadi.

Mavzuga oid