“Zimnyaya vishnya”dagi xodimlar bolalarni yong‘in vaqtida tashlab qochishgan – Bastrikin

Foto: kremlin.ru
Kemerovoda ko‘plab qurbonlarga olib kelgan yong‘in yuz bergan “Zimnyaya vishnya” savdo markazida ishlovchi xodimlar yong‘in chiqqan vaqtda u yerga tashrif buyurgan bolalar va ota-onalarni tashlab binodan qochib chiqishgan. Jumladan, odamlar kinozallarda yopiq holda qolib ketganlar. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga uning Kemerovoga tashrifi vaqtida Rossiya tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin ma'lum qilgan.
Bastrikinning aytishicha, markazda shuningdek 19 martdan beri signalizatsiya ishlamagan. U fojianing ehtimoliy sabablari orasida elektr simlarning qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in chiqqan bo‘lishi mumkinligini aytgan. “Yoki bu biz eng kam ishonayotgan faraz – ochiq olovni qo‘llash bo‘lishi mumkin”, deb aytgan Bastrikin.
Tergov qo‘mitasi rahbarining aytishicha, ayni vaqtda tergov savdo markazi ma'muriyati orasidan aybdorlarni, binodagi xavfsizlikka javob bergan va kinozallardagi eshiklarni yopib qo‘yganlarni aniqlashtirmoqda.
Avvalroq tergov doirasida 5 kishi, jumladan yong‘in vaqtida yong‘in signalizatsiyasini o‘chirib qo‘ygan qo‘riqchi ushlangani ma'lum qilingandi.
“Xodimlarning asosiy qismi qochgan. Ular bolalar va ota-onalarni o‘z holiga tashlab ketganlar. Xavfsizlikka, evakuatsiyaga javob bergan ishchilarning o‘zi birinchi bo‘lib qochib qolgan. U yerda savdo markazi xodimlari orasidan deyarli birorta qurbon yo‘q”, deb ta'kidlab o‘tgan Bastrikin.
Oxirgi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 25 martda yuz bergan yong‘inda 64 kishi, jumladan 41 bola halok bo‘lgan. Ayni vaqtda 25 qurbonning shaxsi o‘rnatilgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

12:26 / 06.06.2024
Kemerovoda tramvaylar to‘qnashuvi: bir kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi

13:46 / 20.11.2023
Rossiyada Kemerovo viloyati sobiq gubernatori Omon Tuleyev vafot etdi

09:13 / 05.09.2023
Kemerovoda Usmon Nosir haykali ochildi

13:17 / 24.12.2022