Respublika kimyo zavodlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi xususiy investorlarga sotiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, «O‘zkimyosanoat» AJning quyidagi takliflariga rozilik berilmoqda:
• «Samarqandkimyo» AJ, «Elektrkimyozavod» QK AJ va «Jizzax plastmassa» AJning ustav kapitalidagi davlat ulushi va «O‘zkimyosanoat» AJ ulushini, shuningdek, «Farg‘onaazot» AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini, shu jumladan, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan, xususiy investorlarga bozor qiymatida sotish;
• «O‘zkimyosanoatloyiha» AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini nominal qiymatda va «Navoiy KMK» DKning Qizilqum fosforit kombinati mulk kompleksini qoldiq balans qiymatida «O‘zkimyosanoat» AJ ustav kapitaliga davlat ulushi sifatida kiritish;
• «Farg‘onaazot» AJning 3-son sanoat maydonchasidagi umumiy maydoni 6,5 gektar bo‘lgan foydalanilmayotgan obektlarni (sexlar, obektlar va ularga tutash hududlari bilan) investitsiya majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan «nol» qiymatida sotish;
• investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindilarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun beg‘araz topshirish yuzasidan patentlangan texnologiyaga ega bo‘lgan «ECO TECH GROUP» QK MChJ bilan investitsiya kelishuvini tuzish;
• 2020 yildan boshlab «O‘zkimyosanoat» AJ tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarni e'lon qilish va ularni Xalqaro audit standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlariga muvofiqligi yuzasidan tashqi auditdan o‘tkazish tartibini joriy etish;
• 2021 yilga qadar xalqaro tajribaga asoslanib investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini, moddiy va moliyaviy resurslarni boshqarish bo‘yicha axborot tizimlarini, samaradorlikni oshirish ko‘rsatkichlarini qo‘llagan holda xodimlar mehnatini rag‘batlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

11:29 / 05.04.2025
Malayziya O‘zbekiston kimyo sanoatida uchta loyihaga investitsiya kiritishi mumkin

15:34 / 18.11.2024
Misr O‘zbekistonda qurilayotgan kimyo klasteri loyihasida ishtirok etmoqchi

20:06 / 09.10.2024
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e’lon qilindi

12:06 / 20.02.2024